Avstraliyaning sharqiy sohilida ikkita vertolyot to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, to‘qnashuv Gold-Kost shahri yaqinida yuz bergan. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan va kamida 13 kishi jarohat olgan.
Tez yordam xizmati va qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib borishgan. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.


