1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstraliyaga kuchli siklon yopirildi

Ayrim joylarda xavfning “qizil” darajasi eʼlon qilindi.

Avstraliyaga kuchli siklon yopirildi

 

Avstraliyaning g‘arbiy qismiga «Ilza» nomli kuchli tropik siklon yopirildi.

 

Siklon so‘nggi 14 yildagi eng kuchli tabiiy ofat bo‘ldi. Soatiga 288 km tezlikda esgan shamol uylar va boshqa turdagi binolarni vayron qilgan, daraxtlar hamda sim yog‘ochlar qulagan. Qurbonlar va jarohat olganlar haqida hozircha rasmiy maʼlumot yo‘q.

 

Siklon yopirilgan hudud mamlakatning sanoat markazi sanaladi. Viloyatda oltin, temir va mis qazib olish uchun ko‘plab konlar mavjud.  Joylarda  xavfning “qizil” darajasi eʼlon qilingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика