1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Avstraliyalik qiz 4,5 km balandlikdan yiqilib, tirik qoldi

U shu voqeadan keyin hayoti butunlay o‘zgargani haqida aytadi.

Avstraliyalik qiz 4,5 km balandlikdan yiqilib, tirik qoldi

Emma Keri ismli qiz Shveysariyaning Alp tog‘larida parashyutdan sakrash orzusini ro‘yobga chiqarishga qaror qilgandi.

 

Biroq parashyutda yuzaga kelgan nosozlik sabab instruktor bilan birga yerga qulab tushgan. Avvaliga qiz beligacha shol bo‘lib qoldi, shifokorlar uning yurib ketishga umid yo‘q deb aytishgandi. Oradan biroz vaqt o‘tib Emmi yurishga harakat qila boshladi va yana odatiy hayotga qaydi.

 

U bu voqea hayotini tubdan o‘zgartirgani haqida gapirarkan, endi har bir kun va har bir daqiqaning qadriga yetib yashashni o‘rganganini aytdi.

 

"O‘sha payt men bor-yog‘i 10 soniyagina umrim qoldi deb o‘ylagandim. Shundan keyin hayotim haqiqatan ham o‘zgardi va endi men har bir kun yashashim uchun qo‘shimcha vaqt ekanligini his qilyapman", deydi u.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика