1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriya Yevroittifoqqa qarshi

Vena ukrainalik askarlarni o‘qitmoqchi emas.

Avstriya Yevroittifoqqa qarshi

 

Avstriya Yevropa ittifoqining ukrainalik harbiylar uchun mashg‘ulot missiyasini yoqlashini, ammo unda qatnashmasligini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat TIV Aleksandr Shallenberg Lyuksemburgdagi YeI tashqi ishlar vazirlari yig‘lishida e’lon qildi. 

 

YeI mashg‘ulot missiyasi noyabr o‘rtalarida boshlanadi. 

 

Vazir bu missiyani YeI kuchlarini birlashtirish va ukrainalik harbiylar tayyorgarligini oshirishda maqsadga muvofiq deb baholadi va kelajakda unda qatnashishni istisno qilmasligini bildirdi. 

 

Shuningdek u Avstriya neytral davlat bo‘la turib Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini, ammo bu gumanitar yordam bo‘lishini aytdi. 

 

Oldin xabar qilganimizdek, Yevroittifoq davlatlari Ukraina qurolli kuchlarining 15 ming askarini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика