1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriyadagi shahar sayyohlarga taqiq qo‘ydi

Xallshtat shahri “Muzyurak” multfilmi uchun ilhom manbai bo‘lgan.

Avstriyadagi shahar sayyohlarga taqiq qo‘ydi

 

Avstriyaning Xallshtat shahri maʼmuriyati sayyohlarning mashhur manzara oldida suratga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun panjara o‘rnatdi

 

Avstriya tog‘laridagi Xallshtat shahrining ajoyib manzarasi Disneyning “Muzyurak” multfilmi uchun ilhom manbai ekaniga ishoniladi.

 

Har yili shaharga bir milliondan ortiq sayyohlar tashrif buyuradi, ularning ko‘pchiligi bog‘da selfi tushishni anʼanaga aylantirgan. Ular shunchalik ko‘pki, mahalliy maʼmuriyat sayohatchilarning bir joyga to‘planib, shovqin solib, mahalliy aholini bezovta qilayotgani sabab suratga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘siq o‘rnatishga majbur bo‘ldi.

 

Yopiq hudud 15-oktyabr – dam olish mavsumi oxirigacha amalda bo‘ladi.

 

Selfi taqiqlari butun Yevropaga tarqalmoqda, jumladan, Portofino shahri va Italiya daryosi bo‘yida selfiga tushish sayyohlarga qimmatga – 270 yevroga tushmoqda.

 

Bu shaharda gavjumlik va tirbandlikning oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика