1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriyaning sobiq kansleriga nisbatan jinoiy ish ochildi

Unga qamoq jazosi xavf solmoqda.

Avstriyaning sobiq kansleriga nisbatan jinoiy ish ochildi

 

Avstriyaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash prokuraturasi respublikaning sobiq kansleri Sebastyan Kurtsga nisbatan jinoiy ish ochdi. Siyosatchi yolg‘on ko‘rsatma berganlikda gumon qilinmoqda.

 

Bu ish bo‘yicha birinchi sud majlisi 18-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mahalliy OAVga ko'ra, respublika hukumatining sobiq rahbari 2020-yil iyun oyida parlamentning maxsus qo‘mitasiga yolg‘on ko‘rsatma berganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu tuzilma Kurts davrida davlat xoldinglaridan biriga rahbar tayinlanishi bilan bog'liq vaziyatni o'rganib chiqdi. Sobiq kansler uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

 

Sebastyan Kurts 2021-yilning kuzida korrupsiya ayblovlari tufayli iste'foga chiqqan edi. Shundan keyin u siyosiy faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика