1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Sergelida avtobus yonib ketdi

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Sergelida avtobus yonib ketdi

 

Avvalroq, Sergeli “Do‘stlik” chorrahasida avtobus yonib ketgani haqida xabar bergandik.

 

Xabarda aytilishicha, bugun, 14 dekabr kuni soat 15:21 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Do‘stlik-1” dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan “MERS” rusumli jamoat transportida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga yetib borib, soat 15:34 da yong‘inni o‘chirgan. Yong‘in oqibatida avtobus salonining orqa qismi yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Avvalroq Olmazor tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazelʼ” yonib ketgani  hamda Toshkent shahrida “Orlando” yonib ketgani haqida xabar bergandik. 

 

Maftuna Rejabboyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика