1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Avtomobil ishlab chiqarish jarayoni

"UzAuto Motors" AJga qarashli Asaka avtomobil ishlab chiqarish zavodida bir sutkada 980 dona mashina ishlab chiqariladi.

Avtomobil ishlab chiqarish jarayoni

 

72 gektar maydonni egallagan ushbu zavodda avtomobil mayda detallarda yig‘ilib, yaxlit holga keltiriladi. Korxonaning presslash sexida 2 ta asosiy — biri 2 250 tonna, yana biri 1 800 tonna og‘irlik bilan panel shtamplovchi liniya mavjud bo‘lib 4 ta model paneli ishlab chiqariladi.

Akmaljon Yo‘lchiyev, presslash sexi boshlig‘i:

— Dastlab xomaki mahsulot birinchi robotlar oladi va unga press yordamida shakl beradi. So‘ng teshish va flenj shaklida bukish amaliyoti bajariladi. Mahsulot tayyor panel holatga keltiriladi. Umumiy hisobda kuniga 13-14 mingta panel ishlab chiqariladi. Tayyor panellar sifati birma-bir tekshiriladi.

 

Presslash sexida tayyor bo‘lgan avtomobil detallari karalar yordamida payvandlash bo‘limiga olib kelinib, bir-biriga payvandlanadi. Tayyor kuzov holatiga keltiriladi.

 

Kunlik reja bo‘yicha ikki smena davomida “Cobalt” avtomobili uchun 450 dona kuzov, bir smenada esa 100 ta “Spark” avtomobili ishlab chiqariladi. Bu bo‘limda ham kuchli sifat nazorati o‘rnatilgan. Kuzovni har bir qismi sinchikovlik bilan tekshirib chiqiladi. Agar biror muammo aniqlansa, shu yerning o‘zida bartaraf etiladi.

 

Sifat nazorati yakunlangach, tayyor kuzovlar birin-ketinlikda lenta yordamida bo‘yoqlash sexiga yuboriladi. U yerda tayyor holga kelgan kuzovlar 13 xil rangga bo‘yaladi. Polirovka qilinib, yig‘ish sexiga yuboriladi.

 

Ushbu bo‘limda 575 ishchi hamda avtomatlashtirilgan robotlar yordamida har 1 yarim daqiqa ichida bittadan kuzovlarning ichki va tashqi qismi bo‘yaladi.

Umidjon Sarimsoqov, bo‘yoqlash sexi rahbari:

— Bo‘yoq sexida avtomobil yuza qismi polirovka qilinadi. Aniqlangan mayda millimetrli, mikronli nuqsonlar bartaraf etiladi. Baʼzi hollarda 5 % kuzovda aniqlangan nuqsonni bartaraf etish imkoni yo‘q. Shu sabab ular qaytadan taʼmirlanadi. Shundan so‘ng bo‘yalgan, sayqallangan kuzovlar navbatdagi manzil — yig‘uv sexi tomon yo‘l oladi.

U yerda 2 ta liniya orqali “Cobalt” va “Nexia-3” modeliga 2 722 ta “Gentra” hamda “Spark” modeliga esa 1 614 dona detallar o‘rnatilib, yakuniy sifat nazoratidan o‘tkaziladi. Har bir avtomobilning o‘zining tekshiruv blankasi bor. Unga tekshiruvchi operator bevosita javobgar. Operator boshdan oyoq nazoratdan o‘tkazadi.

 

So‘nggi bosqichda tayyor bo‘lgan avtomobilning yurish qismi turli to‘siqlarda sinovdan o‘tkazilib, sifat nazoratiga to‘liq javob bergan avtomashinalar turargohga joylashtiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика