Unda avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish(oformleniya) xarajatlari avtotransport uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, yaʼni 810 ming so‘m miqdorda belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda mazkur to‘lov mashinaning ishlab chiqarilgan yili va ot kuchiga qarab 2,7 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, loyihada ko‘chmas mulkni boshqa shaxs nomiga o‘tkazish xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari, 405 ming so‘m miqdorida belgilanishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Avvalroq, Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilingani va Fermer xo‘jaliklari yer solig‘idan ozod qilinishi haqida xabar berilgandi.
Maftuna Rejabboyeva tayyorladi


