1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Avtotransport vositalarini tonirovka qilish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Joriy yil 28 iyul kuni Hukumatning tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirishga oid qarori qabul qilindi.

Avtotransport vositalarini tonirovka qilish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

 

 

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

 

Bu  fuqarolarga qanday yengillik beradi?

 

Sevara Urunbayeva Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari

 

-Qulayligi shundaki endilikda a vtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 

Avtotransport orqa oynasining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan tasmasimon shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

 

Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi.

 

Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun to‘lov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.

 

Eng muhimi fuqarolar YAIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика