1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Avval olingan kredit foizlari oshmaydi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 3 foiz bandga oshirib, yillik 17 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Avval olingan kredit foizlari oshmaydi

 

Bu milliy valyuta kursini kredit va foiz kanali orqali muvozanatlashga qo‘shimcha vosita bo‘ladi.

 

Valyuta kursi oshib borayotgani munosabati bilan tijorat banklari kapitali yetarliligiga qo‘shimcha yuklama hosil bo‘ladi. Tabiiyki, banklar faqat 100%lik risk darajasidagina kreditlar ajratishga o‘tadi. Endi 100% risk shkalasida yangi beriladigan korporativ kreditlar 23%gacha, jismoniy shaxslarga esa 26%gacha oshirilishi mumkin.

 

Kreditlar istaymizmi yo yo‘qmi, turli yo‘llar bilan isteʼmolni va qo‘shimcha importni rag‘batlantiradi. Foiz stavkalar ko‘tarilgach, kreditga talab birmuncha maqbullashadi va ajratiladigan yangi kreditlarning so‘m kursiga bosimi ancha kamayadi. Sodda aytganda so‘mdagi mablag‘larni dollarga aylantirish afzalligi kamayadi.

 

Ko‘p so‘ralayaptiki, kreditlar stavkalari qanday o‘zgaradi?

 

Avvalo aytish kerakki, 17 % lik asosiy stavka faqat yangi moliyalashtiriladigan kreditlarga nisbatan qo‘llaniladi. Asosiy stavkaning oshirilishi shu kungacha ajratilgan maqbul ipoteka va ijtimoiy kreditlar foiz stavkasiga taʼsir ko‘rsatmaydi. Qoida tariqasida bu toifadagi kreditlar stavkasi asosiy stavkaga bog‘langan, lekin asosiy stavka tushganda stavka tushiriladi, oshganda esa o‘zgarmay qoladi. Shuning uchun ipoteka egalari va boshqa ijtimoiy kreditdan qarzdorlar xavotirga tushmasa bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика