1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Axborot-qidiruv tizimlari uchun o‘zbek tilining dasturiy vositasi yaratiladi

Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasi yaratiladi.

Axborot-qidiruv tizimlari uchun o‘zbek tilining dasturiy vositasi yaratiladi

 

Innovatsion rivojlanish vazirlik hay’atining navbatdagi yig‘ilishida Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan taqdim etilgan ilmiy loyihalar ko‘rib chiqildi. Mazkur loyihalarning salohiyati, ilmiy ahamiyati va natijadorligi inobatga olingan holda Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari yo‘nalishida ikkita hamda Biotexnologiya va biologiya fanlari yo‘nalishi bo‘yicha bitta fundamental loyihaga mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi. 

 

Shuningdek, fanlar bo‘yicha quyidagi shaklda grantlar ajratilishi belgilandi:

 

1. O‘rmon xo‘jaligi. Tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari bo‘yicha – 1 (amaliy);

2. Tibbiyot fanlari bo‘yicha – 2 (amaliy);

3. Filologiya, psixologiya va pedagogik fanlar yo‘nalishida – 2 (bitta amaliy va bitta innovasion loyiha);

4. Farmakologiya va farmasevtika yo‘nalishi – 1 (innovasion);

5. Axborotlashtirish va axborot-kommunikasiyalar yo‘nalishi — 1 (innovasion). 

 

 Bundan tashqari, bittadan tijoratlashtirishga tayyorlash va startap loyihalarini moliyalashtirish ham kutilmoqda. 

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика