
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, qizchani ko‘cha supuruvchilari topib olgan. So‘ngra zudlik bilan tez yordam va ichki ishlar bo‘limiga xabar qilgan.
Tezkor surishtiruv natijasida tashlab ketilgan chaqaloqning onasi topilgan. U chaqaloq tashlab ketilgan uyda yashovchi 37 yoshli P.R. ekanligi maʼlum bo‘lgan. Aniqlanishicha, ayolning 15 yoshli yana bir qizi bor. Biroq ayol unga nisbatan ota-ona huquqlaridan mahrum qilingan.
Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ayolga nisbatan bolani o‘ldirishga urinish holati bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Avvalroq, Kontrabandachilar tomonidan AQSH-Meksika chegarasida chaqaloq va 5 yoshli bolani tashlab ketishgani haqida xabar bergan edik.
Munojat Valiyeva


