1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Himmatingizning cheki yo‘q!

Ayol shaxsiy do‘konini hokimlikka sovg‘a qildi.

Himmatingizning cheki yo‘q!

 

Buxoroda ayol o‘ziga shaxsiy mulk sifatida tegishli bo‘lgan do‘konni Kogon shahar hokimligiga beg‘araz topshirdi. Shahar hokimi 15-dekabr kuni savdo do‘konini hokimiyat balansiga olish bo‘yicha qarorni chiqargan. Hokimning qarori fuqaro X.Rashidovaning 6-dekabr kuni yozgan arizasiga ko‘ra chiqarilgani aytilmoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur savdo do‘koni Kogon shahar bosh bekati hududida joylashgan va hajmi 60 kvadrat metrga teng bo‘lgan.

 

Shahar hokimi o‘rinbosari, shahar hokimligi bosh hisobchisi va “Kogon uy-joylar va noturar joylardan foydalanish va hisobga olish” davlat unitar korxonasi rahbariga ushbu do‘konni notarial idora bilan birgalikda, belgilangan tartibda qabul qilish ishlarini amalga oshirish topshirig‘i berilgan.

 

Avvalroq Toshkent shahar hokimligiga fuqaro tomonidan "MERCEDES BENZ" sovg‘a qilingani haqida xabar berilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика