1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayrim davlat bog‘chalarida to‘lovlar miqdori kamaytirildi

Endi bu narx tumanlar toifasidan kelib chiqib, belgilanadi.

Ayrim davlat bog‘chalarida to‘lovlar miqdori kamaytirildi

 

2022-yil 30-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat bog‘chalarida bola taʼminoti uchun to‘lovlar tumanlarning toifasidan kelib chiqib belgilanadi.

 

Endlikda 4- va 5-toifadagi tumanlarda to‘lovlar 50 foiz, 3-toifadagi tumanlarda 30 foiz kamaytiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistondagi barcha — 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi. Toifaga qarab, bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика