1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayrim isteʼmol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi uzaytirildi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Ayrim isteʼmol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi uzaytirildi

 

23-mart kuni “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telagram kanalida xabar berildi.

 

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi.

 

Jumladan:

 

—yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;

—pishloq va tvoroglar;

—yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;

—yangi olma, nok va behi;

—bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un;

—kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga asosan ilgari mazkur muddat 2023 yil 1 iyulga qadar edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика