Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namanganda joylashgan metan “zapravka”dagi holat boʻyicha Namangan viloyatidagi barcha gaz “zapravka”larga ularning talablariga asosan belgilangan limitga koʻra, tabiiy gaz toʻliq yetkazib berilganini ma'lum qildi.
"Videoda tarqalgan holatdagi ’zapravka‘ esa berilgan oylik limitni ishlatib boʻlgan. Bugun soat 00:00 dan yangi oy boshlanadi va mazkur ’zapravka”ga gaz yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, respublikadagi metan “zapravka”larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narxlar ham oshirilmagan.


