1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayrim rahbarlar favqulodda ish rejimiga o'tkazildi

Prezident 2023-yilning ikkinchi yarim yilligida O'zbekistonda qancha gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, shuningdek, gaz omborlaridagi gaz zaxirasi haqida ma'lumot berdi.

Ayrim rahbarlar favqulodda ish rejimiga o'tkazildi

 

Shavkat Mirziyoyev energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini taʼminlash yuzasidan qator topshiriqlar berdi.

 

Prezident matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, mas'ullarga ikkinchi yarim yillikda respublikada 30 milliard kub metr gaz qazib chiqarish va 41 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish hamda ularni isteʼmolchilarga uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, yer osti gaz omborlarida gaz zaxirasini kamida 3,5 milliard kub metrga yetkazish topshirildi.

 

Bundan tashqari, 1-oktyabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni taʼmirlash ishlarini to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildi

 

"Aholining talabini to‘liq qoplash uchun hududlarga qo‘shimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash topshirildi. Yil yakuniga qadar 400 ming tonna benzin ishlab chiqarish va 120 ming tonna import qilish zarurligi taʼkidlandi", — deyiladi xabarda.

 

Bugundan boshlab masʼul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini taʼminlash uchun favqulodda rejimga o‘tadi.

 

Shuningdek, energetika kompleksi rahbariyati viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda yil yakuniga qadar 3,7 milliard kilovatt soat elektr va 2,4 milliard kub metr gazni iqtisod qilish choralarini ko‘rishi ta'kidlandi. Ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida, tadbirkorlik obyektlarida yana 250 megavatt quyosh panellarini o‘rnatish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика