1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ayrim transportlar O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi

«Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5225-son, 19.08.2021 y.) qabul qilindi.

Ayrim transportlar O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi

Qarorga ko‘ra, yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizatsiya yig‘imi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi:

– “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);

– tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

– Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:

– “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar;

– avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика