1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Aytadi ham, qaytadi ham: Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etadi

Avalroq Zedenskiy sammitda Rossiya prezidenti Putin ishtirok etsa, unda qatnashmasligini maʼlum qilgandi.

Aytadi ham, qaytadi ham: Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etadi

 

Avalroq Zedenskiy sammitda Rossiya prezidenti Putin ishtirok etsa, unda qatnashmasligini maʼlum qilgandi. Keyinroq G20 sammitida Rossiya delegatsiyasiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilishi maʼlum bo‘lgan.

 

Ukraina prezidenti Vlodimir Zelenskiy 15-16 noyabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishga qaror qilgan.

 

«Biz Ukraina uchun juda muhim haftaga hozirdanoq faol tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Diplomatik hafta, deyish mumkin. G20 sammiti Indoneziyada bo‘lib o‘tadi. Bizning pozitsiyamiz juda mazmunli tarzda taqdim etiladi», – deydi Zelenskiy o‘z videomurojaatida.

 

U onlayn formatda ishtirok etishini, murojaatlari efirga uzatilishini maʼlum qildi.

 

«Biz hozir ko‘tarilayotgan ko‘plab savollarga ochiq javob beramiz. Jamoatchilikka javoblarimiz shundayki, ularni butun xalqimiz, hamkorlarimiz eshitgan. Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan har bir kishi eshitgan. Mening nutqim seshanba kuniga rejalashtirilgan», – deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика