1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Azerbaijan Airlines" Bokudan Qozonga parvozlarni to'xtatdi

Bunga shaharning havo maydoni muntazam ravishda yopilayotgani sabab bo'lgan.

"Azerbaijan Airlines" Bokudan Qozonga parvozlarni to'xtatdi

 

"Azerbaijan Airlines" (AZAL) aviakompaniyasi Bakudan Qozonga va undan amalga oshirilagan parvozlarni muddatsiz to'xtatdi. Kompaniya bu haqida 8-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda xabar berib, o'z qarorini yaqinda Qozon ustidagi havo maydoni muntazam ravishda yopilayotgani bilan izohladi.

 

Ushbu xabarga ko'ra, Tatariston poytaxtiga parvozlarni to'xtatish "parvozlar xavfsizligini ta'minlash"uchun mo'ljallangan. "AZAL hozirgi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda va yo'lovchilarga har qanday o'zgarishlar to'g'risida xabar beradi", - deyiladi xabarda.

 

2024-yil 25-dekabrda ro'y bergan halokatdan ko'p o'tmay, AZAL xavfsizlik nuqtai nazaridan Vladikavkaz, Volgograd, Grozniy, Maxachkala, Mineralnye Vody, Nijniy Novgorod, Samara, Saratov, Sochi va Ufaga parvozlarni bekor qilgandi.

 

Ayni vaqtda Rossiyaning bir qator shaharlarida Isroilning "El Al", BAAning "FlyDubai", Qozog'istonning "Qazaq Air", Turkman aviakompaniyalari, shuningdek, Serbiyaning eng yirik aviatashuvchisi "Air Serbia" ham parvozlarni vaqtincha to'xtatgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика