BAA mudofaa vazirligi mamlakat havo chegarasini buzib kirgan uchta dronni urib tushirganini maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2-fevral kuni tongda BAA havo chegarasiga uchta uchuvchisiz qurilma bostirib kirgan. Ularning barchasi yo‘q qilingan. Mudofaa vazirligi har qanday tahdidlarga tayyorligini maʼlum qilgan.
Keyinchalik bu dronlar Iroq hududidagi jangari guruhlar tomonidan uchirilgani aniqlangan. Shu bilan birga qurilmalar soni 4 ta bo‘lgani aytilmoqda.
Yanvar boshidan buyon BAA hududi Yaman xusiylari va ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlar hujumlariga uchramoqda. Xususan, 24 yanvar kuni Abu-Dabiga ikki raketa otilgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev


