Birlashgan Arab Amirliklari hukumati koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanmagan fuqarolarning xorijga chiqishini taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Favqulodda vaziyatlar, inqirozlar va tabiiy ofatlar boʻyicha milliy maʼmuriyat bilan kelishilgan holda, 10-yanvardan boshlab COVID-19 vaksinalari bilan emlanmagan BAAning barcha fuqarolariga xorijga chiqish taqiqlanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Bunday qarorni mamlakat hukumati dunyoning ko‘plab mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi yuqoriligi sababli qabul qilingan. Emlanmaganlar uchun chet elga chiqish faqat tibbiy sabablarga ko'ra emlash mumkin bo'lmaganlar, shuningdek, "gumanitar holatlarda" va davolanish uchun sayohat qilganlar uchun ruxsat etiladi.
Avvalroq Jo Bayden sayohat cheklovlarini bekor qilgani haqida xabar berilgan edi.


