1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jo Bayden sayohat cheklovlarini bekor qildi

Prezident 31 dekabrdan Afrika davlati fuqarolariga AQSHga kirishga ruxsat beradi.

Jo Bayden sayohat cheklovlarini bekor qildi

 

AQSH prezidenti Jo Bayden 31 dekabrdan boshlab Afrikaning sakkizta davlati, shu jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi fuqarolari uchun noyabr oyida joriy etilgan koronavirusning “Omicron” shtammi sababli mamlakatga kirish taqiqi bekor qilinishini eʼlon qildi

 

Maʼlumot uchun: cheklovlar Janubiy Afrika, Botsvana, Zimbabve, Namibiya, Lesoto, Esvatini, Mozambik va Malaviga taalluqli edi.

 

"Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazlarining tavsiyalariga asoslanib, men buyrug‘ini bekor qilish Qo‘shma Shtatlar manfaatlariga mos keladi, degan xulosaga keldim. Sayohatga cheklovlar endi xalq salomatligini himoya qilish uchun kerak emas", — degan Bayden Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda.

 

Hujjatda qayd etilishicha, cheklovlarni bekor qilish 2021-yil 31-dekabrdan kuchga kiradi.

 

Taʼkidlanishicha, olimlar koronavirusga qarshi emlangan shaxslar og‘ir kasalliklardan himoyalangan degan xulosaga kelgan. Bayonotga ko‘ra, “Omicron” varianti, allaqachon, 100 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan va AQSHda keng tarqalgan. Shuningdek, Bayden Qo‘shma Shtatlarga kirishdan oldin COVID-19 uchun majburiy test o‘tkazish muddatini safardan uch kundan bir kungacha qisqartirdi.

 

 

 

Avvalroq AQSHda “Omicron” shtammidan birinchi o‘lim qayd etilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика