
“AQSH hatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida BAA Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan va uchinchi mamlakatga ketayotgan fuqarolarni qabul qilishga rozilik bildirdi”, — deyiladi xabarda. Ular amirliklarga yaqin kunlar ichida, AQSH samolyotlarida olib kelinadi.
Qochoqlar shundan keyin qayerga va qachon olib ketilishi maʼlum qilinmagan. AQSH hozirda bir qator davlatlar bilan afg‘onistonlik migrantlarni qabul qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazmoqda.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, AQSH Afg‘onistondan 14 ming kishini evakuatsiya qilgan, hozirda Kobul aeroportida 6 ming amerikalik harbiy bor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston 150 qochoqni Afg‘onistonga qaytargani xabar qilingan edi.
Jahongir Qo'ziyev


