1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BAAda Ramazon oyida ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi

Kompaniyalarga masofadan ishlashni joriy etish yoki ish vaqtini belgilangan me’yor doirasida o‘zgartirishga ruxsat beriladi.

BAAda Ramazon oyida ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi

 


Birlashgan Arab Amirliklari hukumati 2026-yil Ramazon oyi davomida xususiy sektor xodimlari uchun qisqartirilgan ish vaqtini tasdiqladi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar berdi.

 

Mamlakat Mehnat resurslari vazirligi muqaddas oy davomida ish vaqti kuniga ikki soatga qisqartirilishini ma’lum qildi. Odatda xodimlar 8–9 soat ishlasa, Ramazon davrida ish kuni 6–7 soatni tashkil etadi.

 

Shuningdek, kompaniyalar ish jadvalini moslashuvchan tarzda tashkil etishi mumkin. Jumladan, masofadan ishlashni joriy etish yoki ish vaqtini belgilangan me’yor doirasida o‘zgartirishga ruxsat beriladi. Belgilangan vaqtdan ortiq ishlash esa qo‘shimcha ish sifatida baholanib, alohida haq to‘lanadi.

 

Davlat xizmatchilari uchun ham yengillashtirilgan ish rejimi joriy etiladi. Dushanbadan payshanbagacha ish kuni soat 09:00 dan 14:30 gacha davom etadi, juma kuni esa ish vaqti tushgacha etib belgilanadi. Uzluksiz ishlashni talab qiladigan ayrim kasblar bundan mustasno hisoblanadi.

 

Mazkur choralar fuqarolarga ibodat, oila va ruhiy amaliyotlarga ko‘proq vaqt ajratish imkonini yaratish maqsadida joriy etilmoqda. Astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026-yilda Ramazon oyi 19-fevral kuni boshlanishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика