1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bahodir Qurbonov Hindistonda SHHT mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etmoqda

Yig‘ilishda mudofaa vazirlari mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik, SHHT doirasida terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Bahodir Qurbonov Hindistonda SHHT mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etmoqda

 

O‘zbekiston mudofaa vaziri Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Hindiston poytaxti Nyu-Delida SHHT aʼzo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi. Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov ham ishtirok etmoqda.

 

Shuningdek, yig‘ilishda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirlari ham qatnashmoqda.

 

Hindiston SHHT kuzatuvchilari maqomida bo‘lgan Belarus va Eronni ham taklif etgan. Pokiston mudofaa vaziri yig‘ilishda onlayn qatnashmoqda.

 

Yig‘ilishda mudofaa vazirlari mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik, SHHT doirasida terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика