1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bahodir Tashmatov Milliy gvardiya qo‘mondoni, Azizbek Ikromov esa favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Milliy gvardiya, IIV va FVV rahbariyatida qator tayinlov va ozod etishlar amalga oshirildi.

Bahodir Tashmatov Milliy gvardiya qo‘mondoni, Azizbek Ikromov esa favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari bilan bir qator yuqori lavozimlarda tayinlov va ozod etishlar amalga oshirildi.

 

Jumladan, Prezident farmoniga muvofiq, Bahodir Hamidovich Tashmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

Shuningdek, Prezident farmoni bilan Azizbek Israilovich Ikromov O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Avvalroq uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

 

Prezidentning tegishli qarorlariga asosan:

— Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

 

— Davron Abitovich Nazarmuhamedov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

 

— Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etildi;

 

— Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi;

 

— Rustam Ravshanovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

 

— Diyorbek Nematjonovich Sattorov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика