Kuchli qurg‘oqchilik tufayli Indoneziyaning Bali orolida hukumat favqulodda holat eʼlon qildi. Rejim 14 kunga belgilandi.
Bali gubernatorining aytishicha, iyuldan oktyabrgacha oroldagi issiq harorat tufayli 113 qishloqda suv tanqisligi, 10 tumanda esa yong‘in sodir bo‘lgan.
Avvalroq Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mamlakatdagi yong‘inlarni o‘chirishga harbiylar va politsiya jalb etilishini aytgan edi.
2023 yilning mart oyida Bali hukumati sayyohlarga motosikllarni ijaraga olishni, ularda tog‘larga chiqishni taqiqladi. Avgust oyida mamlakatda kelasi yildan boshlab xorijliklardan turistik soliq undirilishi maʼlum qilindi.


