1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Balki bu Istanbulda bo‘lar" — Zelenskiy Putin bilan uchrashuv haqida gapirdi

Shuningdek, u Rossiya bilan muzokaralarga nima majbur qilganini ochiqladi.

"Balki bu Istanbulda bo‘lar" — Zelenskiy Putin bilan uchrashuv haqida gapirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokara olib borishni istamasligini, ammo kelishuvlarga erishish uchun bunga majbur bo‘layotganini maʼlum qildi. Bu haqda siyosatchi Turkiyaning "Xaber Turk" telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

 

"Har qanday sharoitda ham muzokaralar uchun kichik bo‘lsa-da, imkoniyat yaratilishi kerak. Hozirda vositachilik rolini u yoki bu yetakchi o‘ynamoqda, Turkiya ulardan biri. Biz qanchalik xohlaylik yoki xohlamaylik, agar odamlarimiz hayotini saqlab qolishni istasak, hal kuni ularni qutqarish uchun qadam tashlashimiz kerak", — degan u.

 

Shuningdek, u Putin bilan uchrashuv haqida gapirar ekan: 

 

"Вalki bu Istanbulda bo‘lar. Menimcha, bu uchrashuvda nima bilan gap boshlab, tugatishimiz muhim emas. Bu yerda men ancha pragmatik bo‘laman. Biz kelishuvga erishishimiz kerak bo‘lgan masalalar bor", — deb qo‘shimcha qilgan prezident.

 

Avvalroq Zelenskiy Ukrainaning ehtimoliy xavfsizlik kafolatchilari haqida gapirgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика