1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bank xodimi mijoz kartasidan pul o‘g‘irladi

Firibgar Telegram‘da texnik yordam ko‘rsatuvchi shaxs sifatida profil ochgan.

Bank xodimi mijoz kartasidan pul o‘g‘irladi

 

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, “Anorbank” AJ tijorat raqamli banki xodimi mijozning pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi.  

 

Maʼlum bo‘lishicha, 16-avgust kuni ichki ishlar organlariga 26 yoshli J.M. murojaat qilib, nomaʼlum sabablarga ko‘ra “Anorbank” tomonidan berilgan bank kartasidan 8 mln so‘mdan ortiq pullari o‘g‘irlanganini bildirgan.

 

Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar ushbu jinoyatni “Anorbank” aloqa markazining 21 yoshli operatori K.D. sodir etganligini ko‘rsatdi.  Hozirda K.D. qo‘lga olingan.  Xabarga ko‘ra, K.D. qo‘ng‘iroq qilgan mijozlarning murojaatini tahlil qilib borgani, so‘ngra Telegram‘da go‘yoki texnik yordam ko‘rsatuvchi shaxs sifatida profil ochib, bankda muammo kelib chiqqanini aytib, mijozning shaxsiga doir maʼlumotlaridan foydalangan holda bank kartasi maxfiy kodini olgan va mablag‘larni talon-toroj qilgan.

 

Holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика