1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Banklar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti — Shavkat Mirziyoyev

Prezident bank sohasidagi kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Banklar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti — Shavkat Mirziyoyev

 

15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida banklarda tekshiruvlarning haddan ortiq ko‘payib ketayotganligini tahlil qilgan prezident asossiz ravishda tadbirkorga xalaqit berishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.

 

“Eng yuqori — Toshkent shahar hokimi, o‘zi tadbirkor bo‘lsa ham, 11 mingta tekshirish tashkil qilgan. Surxondaryoda 6 mingta, 3 baravarga ko‘paytirgan Bobolov. Toshkent viloyati 1,5 baravarga ortib 8 mingtaga, Farg‘onada 1,6 baravar ortib 7 mingtaga ko‘paygan. Toshkent shahar hokimi, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyati hokimlari bir hafta muddatda tadbirkorlar bilan uchrashib, yechimini, aytilgan gaplarini yozib olib menga beradi. Kafolat berasan tadbikorlarga. Qaror qabul qilinadi, tadbikorlik faoliyatiga asossiz aralashuvning oldini olish uchun endi 22 turdagi tekshiruv faqat va faqat biznes-ombudsmanning ruxsati bilan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, davlat rahbari, ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m budjetdanmi, bankdanmi — bu hammasi xalqning puli ekanligini ta’kidladi.

 

“Infrastrukturaga javob beradigan — gaz, ’svet’ va hokazo, o‘shalar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Banklar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Menda ko‘p ma’lumot bor. Shuncha qiynalib topgan pulimizni halollik bilan xalqimizga yetkazish bo‘yicha harakat qilyapmiz, lekin yo‘limizda yer berish, yer olish, yer sotish bo‘lyapti. Bilasizlarmi, bu narsalarni eshitish menga qanday alam qiladi?”, — degan prezident.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика