1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi

Banklar ustav kapitali eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshirilishi aytilmoqda.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi

 

Qonun loyihasi bilan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.

 

Xususan, banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich besh yuz milliard so‘mgacha oshirish hamda norezidentlarga bank aksiyalarini sotib olishga bo‘lgan taqiqni saqlagan holda, ularning aksiyadorlari va benefitsiarlari uchun mazkur taqiq bekor qilish belgilanmoqda.

 

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va resurs bazasini ko‘paytirishga, bank faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish hamda banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali bank sektoriga strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика