1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bankrotga uchradik, oilam ham barbod bo‘ldi—Farruh Raimov

Dilso‘zning turmush o‘rtog‘i Prezidentga murojaat yo‘lladi.

Bankrotga uchradik, oilam ham barbod bo‘ldi—Farruh Raimov

 

Xonanda Farruh Raimov oilasi barbod bo‘lganini aytib, prezidentdan yordam so‘radi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida videomurojaat e’lon qildi, deya yozmoqda “Darakchi.uz” nashri.

 

“Yurtimizda 10-15 yildan beri bayram tadbirlarida oilaviy xizmat qilamiz. Orttirgan pulimizga yashash uchun joy sotib olgan edik. O‘sha yerni o‘zidan-o‘zi “ko‘tarib” bo‘lmaydi. O‘sha vaqt mablag‘imiz yetarli emas edi.

 

Bu yerni sotib, birinchi biznesimiz, ya’ni tadbirkorlik bilan shug‘ullanib ko‘raylik degan maqsadda texnik ko‘rik ochishni rejalashtirdik. Davlat akkreditasiya markazidan 4 oy davomida imtihondan o‘tib, endi ruxsatnoma olib, ishni boshlaymiz deganimizda texnik ko‘rikning ba’zi shartlari o‘zgardi. Bizning ishimiz to‘xtab, bankrotga uchradik”, — deydi Raimov.

 

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, mazkur muammo oilasining buzilishiga ham sabab bo‘ldi.

 

“Sarflagan pullarimizning hammasi havoga uchib ketdi. Shundan ozgina vaqt o‘tgandan keyin oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqdi. 4 nafar farzandim bor. Oilam ham barbod bo‘ldi, shu sababli videomurojaat yo‘llashga majbur bo‘ldim”, — deydi u.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика