1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi—DTM

Mazkur jarayon 8-avgustda boshlangandi.

Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi—DTM

 

Bugun, 20-avgust kuni O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilayotgan test imtihonlari to‘liq yakunlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.

 

8-avgust kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

 

Test sinovlari 12-avgust kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida, 17-avgust kuni Samarqand viloyatida, 19-avgust kuni Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida, 20-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘z yakuniga yetdi.

 

“Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика