O’zbekistonning barcha hududlarida test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumki, 2023-yil 1-avgust kuni 2023-2024-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.
Bugun, 13-avgust kuni barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi.
Bunda jarayonlar:
—4-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
—11-avgust kuni — Sirdaryo viloyatida;
—12-avgust kuni — Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlarida;
—13-avgust kuni — qolgan hududlarda o‘z yakuniga yetdi.
Agentlik xabariga ko’ra, test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.


