“Bavariya”ning 33 yoshli hujumchisi Robert Levandovski “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” “Bavariya” futbolchisining transferi bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda.
Transferga Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta va Levandovskining agenti Pini Zaxavi o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar yordam bermoqda. Ular o‘tish shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga ega.
Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 yilgi mavsumda Levandovski “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 48 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


