Bugun, 4-iyul kuni O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Malayziya tashqi ishlar vaziri Zambri Abdul Qodir bilan uchrashuv o'tkazdi.
Samarali muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasida kashf etilmagan keng imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi ham imzolandi.
Uchrashuv kun tartibi keng ko‘lamli bo‘lib, undan har tomonlama hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy diplomatiyani ustuvor yoʻnalish sifatida jadallashtirish, turizmni rivojlantirish, munosabatlarimizning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda mintaqaviy va global miqyosdagi masalalar ham o‘rin oldi.


