1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Baxtiyor Saidov Moskvaga boradi

U yerda Sergey Lavrov bilan uchrashish ko‘zda tutilgan.

Baxtiyor Saidov Moskvaga boradi

 

Joriy yilning 21-22 may kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘ladi. U Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib boradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi. 

 

Zaxarovaga ko‘ra, uchrashuvda strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama siyosiy hamkorlik hamda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar xarakterdagi ko‘plab dolzarb masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.

 

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bergan maʼlumotga ko‘ra, vazirlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, Markaziy Osiyo hududida barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga qo‘shilayotgan muvofiqlashtirilgan hissani hisobga olgan holda mintaqaviy vaziyat yuzasidan fikr almashadilar.

 

Yevroosiyo makonidagi asosiy integratsiya jarayonlarini, shuningdek, qitʼa davlatlari uchun umumiy ahamiyati bo‘lgan muammolarni ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика