1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Tomonlar ikki davlat hududlararo aloqalarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqqan.

Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 26 aprel kuni Xitoyning Sian shahrida Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.

 

“Muzokaralarimiz juda samarali bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik misli ko‘rilmagan surʼatda rivojlanmoqda”, — deb yozadi Saidov.

 

Saidov, shuningdek, Shensi provinsiyasi partiya kotibi Chjao Ide bilan uchrashib, O‘zbekiston-Xitoy hududlararo aloqalarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqqan. Taʼkidlanishicha, ekologik toza texnologiyalar, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, fan-taʼlim, madaniyat, turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика