1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Baxtiyor Saidov YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Muloqot chog‘ida 2022-yilda oliy va yuqori darajada o‘tkazilgan ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar yakunlari muhokama qilindi.

Baxtiyor Saidov YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

 

2023-yil 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” fuqarolik jamiyati forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakalani qabul qildi.

 

Muloqot chog‘ida 2022-yilda oliy va yuqori darajada o‘tkazilgan ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar yakunlari muhokama qilindi. Mamlakatimiz bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni barcha sohalarda yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tez fursatlarda imzolash uchun qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика