1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden Afrika yetakchilarini Vashingtonda to‘plamoqchi

Dekabrda AQSH-Afrika sammiti bo‘lib o‘tadi.

Bayden Afrika yetakchilarini Vashingtonda to‘plamoqchi

 

Jozef Bayden 13-15 dekabr kunlari Vashingtonda AQSH-Afrika sammitini o‘tkazadi. Bu haqda Oq uy xabar tarqatdi.

 

Uchrashuvda Afrikadagi barcha davlat rahbarlari ishtirok etishi aytilgan. Bu orqali Vashington ushbu qitʼa bilan munosabatlarini mustahkamlash va butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega masalalar yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilgan.

 

Xususan, tomonlar iqtisodiy hamkorlik, demokratiya va inson huquqlari, koronavirus va boshqa pandemiyalarga qarshi kurash, oziq-ovqat xavfsizligi va tinchlik masalalarini muhokama qiladi.

 

AQSH-Afrika sammiti ilk bor 2014 yilda o‘tkazilgan, unga Qo‘shma Shtatlarning o‘sha paytdagi rahbari Barak Obama boshchilik qilgan.

 

Avvalroq Bayden Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqqa 1 milliard dollar ajratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика