AQSH prezident Bayden siyosati tufayli do‘zaxga aylanmoqda. Sobiq prezident Donald Tramp shundan ayblov bilan chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning amaldagi rahbarining soliqlarni oshirish to‘g‘risidagi qarori AQSH iqtisodiyotini o‘ldirish bilan teng.
Shuningdek Tramp Baydenning faoliyatini ijobiy baholab bo‘lmasligini va uning ishonch reytingi sunʼiy ko‘tarilganini aytdi. Ayni paytda Jo Bayden reytingi 37%.
"Unga qanday qilib shunday munosabatda bo‘lish mumkin? Mamlakat do‘zaxga aylanmoqda", - dedi Tramp.
Bundan tashqari Tramp Amerikaning ko‘plab shaharlarida jinoyatchilik darajasi yuqori ekanini va bunda kuchsiz migratsiya siyosati aybdor ekanini taʼkidladi.
"Ularni hech kim tekshirmaydi, ular bilan suhbatlar o‘tkazilmaydi. Biz ular qayerdan kelayotganini ham bilmaymiz", — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Ukrainadagi vaziyatda ham Jo Baydenni ayblagandi.


