1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden: AQSH Rossiya harakatlariga qarshi butun NATOni birlashtirdi

Oq uy rahbari Kongressda chiqish qildi.

Bayden: AQSH Rossiya harakatlariga qarshi butun NATOni birlashtirdi

 

Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari Vashington va butun dunyo uchun "asrlarga teng" sinov bo‘ldi. Bu haqda AQSH prezidenti Jozef Bayden Kongressdagi chiqishida maʼlum qildi.

 

Amerika yetakchisi shu munosabat bilan Vashington "eng asosiy prinsiplarni himoya qilishi"ni taʼkidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHdagi siyosiy kuchlar Rossiya agressiyasiga qarshi yagona pozitsiyasini saqlab qolmoqda.

 

Bayden nutqi davomida yig‘ilishda ishtirok etayotgan Ukraina elchisi Oksana Makarovaga murojaat qildi.

 

"U nafaqat o‘z davlatining, balki uning matonatli xalqining ham vakili hisoblanadi. Amerika sizni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashgan", — degan prezident.

 

Shuningdek, siyosatchi qancha zarur bo‘lsa, shuncha payt Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

 

Bayden Rossiya harakatlariga qarshi NATO davlatlari birlasha olganini qayd etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика