AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi “General Motors” 3035-yilga qadar to‘liq elektron transport vositalari ishlab chiqarishga o‘tishini aytib, yana adashib ketdi.
“Kompaniya bosh direktori Meri Barra Kaliforniya shtatini sudga berdi, chunki sizda emissiya darajasi mamlakatning qolgan qismiga qaraganda yuqori. U menga qo‘ng‘iroq qildi va ular 3035-yilgacha to‘liq elektr quvvatiga ega bo‘lishini aytdi”, – dedi Prezident Amerika telekanallari tomonidan namoyish etilgan Kaliforniyadagi nutqida.
Bungacha Bayden o‘sha nutqida dastlab GM bosh direktorini AQSH Oliy sudi sudyasi Emi Koni Barret bilan adashtirib yuborgan, biroq fikrlarini jamlashga muvaffaq bo‘lgan.
Ma'lumot o'rnida, 2021-yil yanvar oyida “General Motors” 2035-yilgacha faqat elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Noyabr oyida Prezidentning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maxsus vakili Jon Kerri 2035-yilga borib AQSHda faqat elektromobillar sotilishini aytgan edi.


