12-13 may kunlari Vashingtonda AQSH va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi davlatlari (ACEAN) sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuvda Jozef Bayden ham ishtirok etadi.
“Bayden va Xarris administrasiyasi uchun Janubi-sharqiy Osiyoda ishonchli hamkor bo‘lish ustuvor vazifa hisoblanadi”, — degan matbuot kotibi.
Shu bilan birga, Psaki Vashingtonning maqsadi Hind-Tinch okeani mintaqasi erkin, ochiq, xavfsiz, birlashgan va barqaror bo‘lishini ta’minlash ekanini qo‘shimcha qilgan.
AQSH va ACEAN sammiti 28-29 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo ayrim davlat rahbarlarining grafigi bois u keyinroqqa qoldirildi.
Ma’lumot o‘rnida: ACEAN’ga 1967 yilda asos solingan. Hozirda unga Bruney, Vyetna , Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin a’zo.
Avvalroq Oq uy Pokistonda hokimiyat almashganiga munosabat bildirgandi.


