AQSH prezidenti Jo Bayden Polshaga kelishi kutilmoqda. U Vladimir Zelenskiy va Anjey Duda bilan uchrashuv o‘tkazishi mumkin, deb yozadi Polshaning “Dziyennik Gazeta Pravna” nashri.
Uchrashuv Varshava yoki Rzeshovda bo‘lish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda Zelenskiy tinchlik rejasini taqdim etadi va “Ukrainaga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazishga chaqiradi”, deb yozadi nashr Kiyevdagi diplomatik manbaga tayanib.
Maʼlum qilinishicha, reja 10 banddan iborat bo‘lishi va 2014 yil martida Qrim anneksiya qilinishigacha bo‘lgan chegaralar doirasida Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan olishni nazarda tutishi kerak.
Shuningdek, rejada harbiy tribunal yaratish va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi ham bor.


