AQSh Prezidenti Jo Bayden kelasi hafta Polshaga tashrifi doirasida bayonot berib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga "signal" yuborish niyatida. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha vakili Jon Kirbi brifing chog‘ida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 21-fevral kuni Bayden Varshavada nutq so‘zlaydi va uni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining bir yilligiga bag‘ishlaydi.
"Siz Baydenning janob Putinga, shuningdek, rus xalqiga murojaatini eshitasiz deb o'ylayman", — dedi Kirbi.
Shuningdek, Bayden o‘z nutqi davomida Amerika Rossiyaning agressiyasiga qarshi kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ochiq-oydin aytib o‘tadi.


