AQSH prezidenti Jo Bayden 9-13 iyul kunlari Buyuk Britaniya, Litva va Finlyandiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per maʼlum qildi.
"Birinchi navbatda prezident Bayden Buyuk Britaniyaning London shahriga boradi. Qirol Charlz III va Bosh vazir Rishi Sunak bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazadi. So‘ngra 11-12 iyul kunlari prezident Litvaning Vilnyus shahriga tashrif buyuradi. NATOning 74-sammitida ishtirok etadi", — dedi Jan-Per bayonotida.
Litvadan Bayden 13 iyul kuni Finlyandiya poytaxti Xelsinkiga boradi va u yerda Nato va Skandinaviya davlatlari rahbarlari o‘rtasidagi sammitda ishtirok etadi.


