1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden siyosiy raqibining uyiga o‘lgan itni tashlaganini so‘zlab berdi

"Men shundan keyingina yengil tortdim".

Bayden siyosiy raqibining uyiga o‘lgan itni tashlaganini so‘zlab berdi

 

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘zining yoshligi va siyosiy karyerasini qanday boshlaganini so‘zlab berdi. Amerika demokratik partiyasi yetakchisining siyosiy raqiblariga nisbatan nafrati yoshligida ham bo‘lgan ekan.

 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yil oldin u Nyu-Kasl okrugida mayda mulozim bo‘lib ishlab yurgan paytida respublikachi ayol ish kuni yakunida unga qo‘ng‘iroq qilib uyi oldida yotgan it jasadini yo‘qotishni so‘ragan.

 

"Men unga shahar xizmati faqat tongda kelishi mumkinligini aytganimda u baqirib, mening oyligimni u to‘lashini va kerak bo‘lsa o‘zim borib jonivorning o‘ligini olib tashlashim lozimligini aytdi. Shundan so‘ng men ayol aytgan manzilga borib, itning jasadani uning ostonasiga qo‘yib keldim", - deydi Oq uy rahbari. Prezident ayoldan o‘ch olgach, yengil tortganini tan oldi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Baydenga urushning oldini olgani uchun “Nobel” mukofoti berishni taklif qilgandi. 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика